O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimiz charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

2022-01-19 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida charm-poyabzal sanoatining bugungi holati va uni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Uyushma rahbariyati joriy ishlab chiqarish va eksport hajmining ko‘rsatkichlari, shu yilda amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiyaviy loyihalar hamda yaratilayotgan ish o‘rinlari haqida ma'lumot berdi. Jumladan, soha korxonalari tomonidan 2021-yilda umumiy qiymati 4,4 trln. so‘mga teng bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarildi, 423 mln. dollar hajmida tovarlar eksport qilindi, 202 mln. dollarga teng investitsiyalar jalb etildi, ulardan 76 mln. dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2 trln. so‘mlik mahsulotlar yaratildi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga joriy yilda jami 11,2 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.
 
Charm, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi holat hamda O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini eksport qilishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi. Joriy yilda va o‘rta muddatli istiqbolda investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish va eksport qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari taqdim etildi. Asosiylari orasida 2022- yil oxiriga borib, ishlab chiqarish hajmlarini 4,8 trln. so‘mgacha yetkazish va 450 mln. dollar qiymatidagi tovarlar eksportiga erishishdir. Shuningdek, umumiy qiymati 214 mln. dollarga teng bo‘lgan 49 ta loyiha amalga oshirilishi va 12,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
 
Yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini tashkil etish, xom ashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish, eksport salohiyatini yuksaltirish va mahalliy charm, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
Tarmoqda importni tahlil qilishga alohida e'tibor qaratish hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan va import qilinadigan uskunalar, butlovchi qismlar va kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish topshirildi.
 
Xalqaro sanoat ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining keng doirasini jalb qilish, shuningdek, tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni ilgari surish maqsadida chet elda biznes-missiyalar tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, soha uchun kadrlar tayyorlash va mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ishchilarining malakasini oshirish bo‘yicha harakatlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
 
Uyushma vakillari sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarini bildirdilar. Bular sirasiga investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini qo‘llash, xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, mavjud ishlab chiqarish ob'ektlarini modernizasiya qilish va ularning atrof-muhit uchun xavfsizligini ta'minlash, tegishli texnik jihatdan tartibga solish mexanizmlarini joriy etish va boshqa chora-tadbirlar kiradi. Ushbu takliflar atroflicha o‘rganib chiqildi hamda ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha sohani yanada rivojlantirish va maqsadli ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishishni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться