O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kurash targʻiboti Xalqaro press-klub bilan yangi bosqichga chiqmoqda

2022-01-19 | Jamiyat

2022-yil kurashni yanada ommalashtirish yoʻlida muhim musobaqalar oʻtkazilishi belgilangan. Joriy yilda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi va qitʼaviy konfederatsiyalar taqvim rejasidan 50 dan oshiq nufuzli tadbirlar oʻrin olgan.

Jumladan, mart oyida kurash vatani – Oʻzbekistonda kattalar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtsa, sentyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahri yozgi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Noyabrning yakunlarida esa Hindistonda kattalar oʻrtasida jahon chempionlari nomi aniqlanadi. Shuningdek, joriy yilda yurtimizda va Koʻhna qitʼa Yevropada bir necha bor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar, kurash murabbiylari va hakamlarining xalqaro seminarlari tashkil etiladi.

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ham mazkur musobaqalarni yuqori darajada tashkil etish, kurashni xalqaro maydonda yanada rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi. Yigʻilishda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi va uning tarkibidagi Osiyo-Okeaniya Kurash konfederatsiyasi, Xalqaro kurash instituti, Oʻzbekiston Kurash federatsiyasi rahbariyati, Xalqaro press klub va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida mazkur ishlarni tashkil etishda oʻzaro hamkorlik, bir jamoa sifatida faoliyat yuritish muhimligi alohida taʼkidlandi. Yakunda Xalqaro Press klub tomonidan kurashni yanada keng targʻib qilish, ommalashtirish boʻyicha Osiyo-Okeaniya Kurash konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Kurash federatsiyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться