O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiya bilan aeronavigatsiya va aviatsiya xavfsizligi sohasida hamkorlik rivojlantiriladi
2022-01-18 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida Fransiya fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Frantsiya va O‘zbekiston o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida so‘ngi yillarda mamlakatimiz aviatsiya sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasining aeronavigatsiya va aviatsiya xavfsizligi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi