O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi ish tizimini joriy etish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi

2022-01-17 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida 2022-yilda “mahallabay” yangi ish tizimiga muvofiq amaliy faoliyatni tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosarlari, Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, shuningdek, videokonferensiya orqali viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlarining investitsiyalar va tashqi savdoga mas'ul rahbarlari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalar kesimida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan belgilangan vazifalar atroflicha muhokama etildi. Aholi bilan manzilli ishlash, odamlarni ishlab chiqarish va tadbirkorlikka jalb etish imkoniyatlarini yaratish va loyihalarni amalga oshirishda zarur yordam ko‘rsatish, o‘z biznesini boshlashi uchun yer uchastkalari va moliyaviy resurslar bilan ta'minlash orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tubdan oshirishni ta'minlash, shuningdek, ma'muriy masalalarni hal qilish muhim ustuvor vazifa etib belgilandi.
 
Mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor chora-tadbirlar, shuningdek, mazkur jarayonning joylardagi amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bugungi holatini chuqur o‘rganish, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi tarmoqlari, bolalar bog‘chalari, maktablar, tibbiyot muassasalari, madaniyat markazlarini ta'mirlash va qurish zarur bo‘lgan holatlarni aniqlash muhimligiga alohida e'tibor qaratildi.
 
Mahallalarning iqtisodiy salohiyatini o‘rganish, aholi va mahalliy tadbirkorlar bilan bevosita hamkorlik qilish, shuningdek, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari xodimlariga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish maqsadida Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga joylarga chiqqan holda amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi.
 
Shuningdek, mutasaddi rahbarlarga vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться