O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Parlamentlararo hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

2022-01-14 | Siyosat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan 2021-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

2021-yil O‘zbekiston tashqi siyosatida xalqaro munosabatlarga daxldor to‘laqonli sub’ekt sifatida mazkur qo‘mitaning o‘rni va rolini yanada mustahkamlash diqqat markazida bo‘ldi. Yurtimizda xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro nufuzi va imijini mustahkamlash, bu borada huquqiy asosni takomillashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, tashqi siyosatimiz ustuvor yo‘nalishlaridan biri yetakchi davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik sheriklik va hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdir. Shu ma’noda mamlakatimizda milliy manfaatimizga javob beradigan, yaqin va uzoq xorij bilan aloqani mustahkamlashga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan amaliy tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida qo‘mita mas’ulligida qonun ijodkorligi yo‘nalishida ishlab chiqilgan 10 ta qonun loyihasi qabul qilindi. Senat va Qonunchilik palatasining 4 ta Qo‘shma qarori, 10 ta konsepsiya, dastur, reja va yo‘l xaritalari tasdiqlandi. Bundan tashqari, qo‘mita yil davomida 10 dan ortiq qonun loyihasi va boshqa qonun hujjatlariga taklif, tavsiyalar taqdim etdi.

Shuningdek, parlament nazoratining ta’sirchan mexanizmlaridan samarali foydalanilgan holda, joylardagi tizimli muammolarni hal etish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari zimmasidagi muhim masalalar o‘z vaqtida hal etilishi holatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

So‘nggi yillarda butun dunyo bo‘ylab davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi xalqaro va parlamentlararo uchrashuvlar o‘tkazish, hamkorlar bilan diplomatik aloqa o‘rnatishda qator noqulayliklar keltirib chiqardi. Shunga qaramay, qo‘mita tomonidan vaziyat bevosita muvofiqlashtirilishi natijasida ikki palataning xorijiy mamlakatlar parlamentlari va qonunchilik organlari bilan tuzilgan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlari soni 53 taga yetkazildi.

- Parlamentlararo munosabatda ham ko‘p tomonlama, ham ikki tomonlama aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva. – Xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi bilan sheriklik o‘rnatilgan. Hamkorlik doirasida nafaqat muloqot olib boriladi, balki turli o‘zaro hujjatlar muhokama qilinadi. Deputatlarimiz tomonidan ko‘rib chiqilgan takliflar taqdim etiladi. Mazkur takliflardan kelib chiqqan holda mintaqaviy yoki xalqaro miqyosdagi hujjatlar tayyorlanadi va takomillashtiriladi. Hozirgi vaqtda Yevropa, Osiyo, Amerika qit’alari, Shimoliy Afrika davlatlari bilan yaqin hamkorlik qilinmoqda. Ispaniya, Chexiya, Finlandiya, Shvetsiya parlamentlari bilan izchil aloqa yo‘lga qo‘yilgan. Ayni jarayonda yashil taraqqiyot, yashil energiya, suv masalalari, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha o‘zaro manzilli amaliy muloqot boshlashga kelishib olganmiz.

Uchrashuvda qo‘mita a’zolari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatini o‘z vaqtida o‘rganish hamda tegishli muammoni mumkin qadar ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratganligi qayd etildi. Xususan, qo‘mitaga kelib tushgan jami 628 murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli vazirlik, idoralar hamda mahalliy davlat organlariga yuborildi.

bugungi kunda qo‘mita tomonidan vazirlik, idoralar rahbarlari eshituvini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birga samarali ish olib borilyapti. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatida ko‘tarilgan masalalar qay darajada hal etilayotgani, chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari hamda xorijga chiqayotgan mehnat migrantlari huquq va manfaati himoyasi holati haqida muntazam hisobot eshitilishi natijasida murojaatlarning aksariyati ijobiy yechim topyapti.

Matbuot anjumani yakunida qo‘mita tomonidan joriy yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida ham ma’lumot berildi.

Manba: O'zA

Поделиться