O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jurnalistlar olmaliqda Prezidentimiz borgan manzillarda ro'yobga chiqayotgan loyihalar bilan tanishmoqda

2022-01-13 | Siyosat

Ayni paytda Olmaliq shahrida “Prezident tashrifidagi manzillar: ta'lim va tibbiyot tizimlari hamda ishlab chiqarish sohasida kutilayotgan o'zgarishlar" mavzusidagi press-tur davom etmoqda.

Dastlab shahar hokimligida mas'ullar ishtirokida OAV vakillari, blogerlarga joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha ma'lumot berildi. Birinchi manzil hududdagi 20-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi bo'ldi. Bu erda matematika, ona tili, ingliz tili chuqurlashtirib o'qitilmoqda.

Uch qavatli maktab 1 ming 500 nafardan ziyod o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, o'tgan yil mukammal ta'mirlangan. Binoda 46 ta sinfxona, 3 ta laboratoriya va fan xonalari zamonaviy jihozlangan. Davlatimiz rahbari 2021-yil 22-dekabr kuni Olmaliqqa tashrifi davomida mazkur ta'lim maskanidagi sharoitlarni ko'zdan kechirgan edi.

Xususan, maktab o'quvchilari bilan suhbat davomida bolalardan kelajakda kim bo'lishi haqida insho yozib, Prezidentga yo'llashini so'ragan edi. 

— Bu uchrashuv o'quvchilarimiz uchun esda qolarli bo'ldi, — deydi 20-ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi direktori vazifasini bajaruvchi Dilorom Dadajonova. — Yoshlarimiz kelajak orzulari, rejalashtirgan maqsadlari ifodalagan isholarni yozib, Prezidentimizga yuborishdi. Uchrashuvda o'quvchilarning oliy ta'limga kirish darajasi, uni yanada yaxshilash bo'yicha zarur tavsiyalar ham berildi. Hozir bu borada sa'y-harakatlarni olib boryapmiz.

Buning uchun mamlakatimizdagi nufuzli oliygohlarimiz bilan hamkorlik qilyapmiz. Ota-onalar bilan suhbatlarda bolalarning darsdan tashqari bo'sh vaqtini ham unumli tashkil etish bo'yicha fikr almashildi. Bundan tashqari, o'quv darsliklari bilan bog'liq takliflarimiz ham e'tiborga olinadigan bo'ldi. O'qituvchilarning malakasini oshirish bo'yicha milliy dastur yaratish maqsadida ham ishlar boshlandi.

Press-tur ishtirokchilari ta'lim dargohida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Tadbir davom etmoqda.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться