O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi Misrda o‘tkazilganUmumjahon yoshlar forumida ishtirok etdi

2022-01-13 | Yoshlar

Joriy yil 10-13-yanvar kunlari O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi xodimlari Sharm ash-Shayx shahrida o‘tkazilgan 4-Umumjahon yoshlar forumida ishtirok etdi

Mamlakat Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi tashabbusi bilan «Yana birgalikda» shiori ostida tashkil etilgan ushbu forum dunyoning 196 mamlakati vakillarini o‘z atrofiga birlashtirdi.

Forum doirasida «Kelajak texnologiyalari va pandemiyadan keyingi raqamli transformatsiya», «Startaplar va tadbirkorlikning yangi global o‘rni», «Pandemiyadan keyingi taʼlim: tiklanish yo‘llari», «Atrof muhit va iqlim o‘zgarishida yoshlarning roli», «Rivojlanayotgan bozorlarda pandemiya va moliyaviy texnologiyalar» singari sessiyalar tashkil etildi.

Ularda pandemiyadan keyingi davrda dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘nalishlari, iqlim o‘zgarishi muammolari, kambag‘allikka qarshi kurashish, global tinchlikka erishish, mavjud resurslarning teng taqsimlanishini taʼminlash choralari singari mavzular atroflicha muhokama qilindi. Jahonning yetakchi olim va yosh mutaxassislari, xususan, siyosiy va iqtisodchi arboblar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. 

Forum  qatnashchilari dunyoning global rivojlanishi davrida yoshlarning yetakchi harakatlantiruvchi kuchga aylanishi uchun ularning tashabbuslari, startap g‘oyalari va takliflarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Tadbir doirasida jahon yoshlari o‘zlarining turli sohalarda erishgan muvaffiqiyatlari, tashabbus va takliflari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться