O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga sharh tayyorlash bo‘yicha axborot xabari
2022-01-13 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Soliq kodeksining maxsus qismiga sharh tayyorlamoqda.
Birinchi bosqichda qo‘shilgan qiymat solig‘i, daromad solig‘i hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni tartibga soluvchi normalarga sharh tayyorlash rejalashtirilgan.
Sharhlar Soliq kodeksining har bir normasining huquqiy va amaliy ahamiyatini ochib beradi, ularni amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar taklif etiladi. Ishda soliq solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari va soliq organlarining huquqni qo‘llash amaliyoti umumlashtiriladi.
Sharhlar talabalar, o‘qituvchilar, buxgalterlar, tadbirkorlik subyektlari, investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun mo‘ljallangan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, barcha soliq to‘lovchilarni Soliq kodeksining normalarini qo‘llashda yuzaga keladigan savollari bilan ishtirok etishlarini taklif qilamiz.
Sizni qiziqtirgan savol va takliflaringizni vazirlik rasmiy telegram ijtimoiy tarmog'i sahifasidagi ushbu xabarning izoh qismida qoldirishingiz mumkin. Berilgan savollarga javoblar Soliq kodeksining Maxsus qismiga berilgan izohlarda aks ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining umumiy qismiga bildirilgan sharhlar esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi