O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Posboniman muqaddas yurtning" ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

2022-01-12 | Jamiyat

Har kim Vatanni turlicha sevadi. Shoiru yozuvchilar, publitsistlar qalam so‘zlari bilan Vatanga bo‘lgan muhabbati va sadoqatini ifodalaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan xalqimizda milliy armiyadan faxrlanish va unga bo‘lgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, yoshlar, shuningdek, professional shoir va ijodkorlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.

«Posboniman muqaddas yurtning» deb nomlangan ijodiy ishlar tanlovining taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tanlovning respublika bosqichiga Qurolli Kuchlar tizimidagi 6 ta harbiy tuzilmalardan 14 nafar ishtirokchilarning insholari hamda 16 nafar ishtirokchilar she’rlari taqdim etildi. Professional ijodkorlardan jami 28 nafar, bulardan 20 nafar shoirning tanlovga taqdim etgan 80 dan ortiq she’rlari, 8 nafar publitsist-yozuvchilarning 20 ga yaqin nasriy asarlari o‘rganib chiqildi.

- Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lganimdan juda xursandman. Bu g‘oliblik bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi. Bu sohada faoliyat olib borayotganimga o‘n yildan oshdi.

Bu vaqtda harbiy poligonlarda yurib o‘q ovozi, mashq janglariga ancha ko‘nikdik, o‘zimizdagi qo‘rquvni yengdik. Bu tanlovdagi g‘olibligim esa adabiyot maydonidagi qo‘rquvlarim, o‘z ijodimga bo‘lgan hadiklarni yengdi desam, adashmayman, – deydi tanlovning professional ijodkorlar o‘rtasidagi nasriy asarlar tanlovi g‘olibi, «Vatanparvar» birlashgan tahririyati muxbiri, Kapitan Azizbek Norqulov. 

Tanlov g‘oliblari Yozuvchilar uyushmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlandi. Birinchi o‘rinni munosib ko‘rilgan g‘oliblar eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti, 2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: O'zA

Поделиться