O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg'iziston Elchisi bilan uchrashuv to'g'risida
2022-01-12 | Siyosat
2022-yil 12-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg'iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ibrohim Junusovni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Vazir O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga Elchining qo'shgan hissasini yuqori baholadi.
Ikka davlat o'rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqalararo aloqalar sezilarli darajada jadallashgani e'tirof etildi. Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalardagi bo'lajak tadbirlar jadvali ko'rib chiqildi.
Qirg'iziston Elchisi mamlakatimizda diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun O'zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi