O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tataristonlik hamkorlar bilan investitsiyaviy munosabatlarning rivojlanishi muhokama qilindi

2022-01-12 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov va Tatariston Respublikasi Prezidenti R.N. Minnixanov o‘rtasida videokonferensiya tarzida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekistonning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari, shuningdek, Tatariston idoralari va yirik kompaniyalarining rahbarlari ishtirok etdi.
 
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilindi va ularni ilgari surish bo‘yicha tadbirlar kelishib olindi. Kimyo, neft'-gaz, avtomobilsozlik, tibbiyot uskunalari va robototexnika, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, ilmiy-texnik va innovasion sohadagi hamkorlik yo‘nalishlarida keng ko‘lamli loyihalarni hayotga joriy etish bilan bog‘liq barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
 
Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlarga tilga olingan masalalarni hal etish va tegishli loyihalarning amaliy ijrosini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.
 
Tomonlar munosabatlarni mustahkamlash va amaliy hamkorlikning barcha jihatlari yuzasidan kelishib olish maqsadida yaqin kelajakda Tatariston Respublikasi Sanoat va savdo vazirligi hamda yirik kompaniyalar rahbariyati bilan manzilli muzokaralar olib borish uchun uning O‘zbekiston hududlariga tashrifini tashkil etish borasida yakdil fikrga keldilar.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud loyihalarni ilgari surishni jadallashtirish hamda Tatariston va O‘zbekiston Respublikasi hukdudlari o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida ko‘rib chiqilgan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida muntazam muloqotni faollashtirish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться