O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

2022-01-11 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya shaklida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyati doirasida 2022-yilga mo‘ljallangan dolzarb vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2021-yilda erishilgan natijalar tahlili hamda joriy yilda tizimli va samarali ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan vazirning barcha o‘rinbosarlari hamda Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
 
Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari tomonidan shu oy, birinchi chorak va umuman joriy yil uchun aniq tadbirlar, ijro muddatlari va kutilayotgan natijalardan iborat aniq va manzilli ish rejalari taqdim etildi.
 
Asosiy hamkor mamlakatlar kesimida ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holati, qo‘shma dastur va loyihalarning amalga oshirilishi, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarning ro‘yobga chiqarilishi yuzasidan axborot berildi. Asosiy sheriklar bilan iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar, ishlab chiqilayotgan loyihalar va savdo bitimlari, xorijiy investorlar va savdo hamkorlarini jalb qilishning yangi mexanizmlari haqida hisobot berildi. O‘zaro munosabatlarning barcha sohalarida va har bir hamkor mamlakat uchun xalqaro tadbirlarni tashkil etish hamda ikki tomonlama sheriklikni ilgari surish bo‘yicha aniq vazifalar va ularni amalga oshirish muddatlari belgilangan rejalarni ishlab chiqish topshirildi.
 
Xalqaro moliya institutlari, donorlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarning holati ko‘rib chiqildi. Jalb etilayotgan mablag‘lar va grantlar hisobidan amalga oshirilayotgan qo‘shma ijtimoiy va investitsiyaviy loyihalarni hayotga joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
Davlat va hududiy investitsiya dasturlarining ijrosi, ishga tushirilgan loyihalar faoliyatining monitoringi, mahalliy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar o‘rganildi.
 
Har bir xodim faoliyatining samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, uning mehnat natijadorligini baholashning aniq vazifalari va mezonlarini belgilash topshirildi. Shuningdek, umumiy vazifalarni hal etishda sinergetik samaraga erishish uchun Vazirlikning turli tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta'kidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться