O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zaro hamkorlik yanada rivojlanadi
2022-01-08 | Iqtisodiyot
Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlari va Ukrainadagi elchilarini qabul qildi.
Uchrashuvda xorijiy davlatlar, xususan, Amerika va Ukraina bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish uchun mavjud imkoniyatlar, infratuzilma va logistika sharoitlari haqida o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, kelgusida xorijiy va mahalliy kompaniyalar hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida tashriflar almashishni ko‘paytirish, IT, sanoat, tekstil, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishga mo‘ljallangan rejali va samarali ishlarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Javlon Vahobov, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov Navoiy viloyati bilan yo‘lga qo‘yiladigan navbatdagi o‘zaro hamkorlik savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Manba: O'zA