O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘istonni yanada iqtisodiy rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

2022-01-07 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining bugungi holatini o‘rganish hamda uning investisiyaviy, sanoat va eksport salohiyatidan to‘liq foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida mazkur hududga yo‘l oldi.

Safar davomida ishchi guruh a'zolari bir qator ishlab chiqarish ob'ektlarida bo‘lib, ishlab chiqarishning texnologik jarayonini o‘rgandi va loyihalar tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Suhbatda tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirish, qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksportini tashkil etishning istiqbollari muhokama qilindi.
 
Viloyatning ko‘plab yo‘nalishlardagi iqtisodiy salohiyati ishga solinmayotgani ma'lum qilindi, shu bois ustuvor tarmoqlarda qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratgan holda, sanoatni rivojlantirish uchun tumanlar va mahallalar kesimida barcha zaxiralar va imkoniyatlarni o‘rganish yuzasidan ishlarni faollashtirish zarurligi ta'kidlandi.
 
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jarayonida duch kelgan muammolarni ko‘tardilar. Barcha bildirilgan masalalar har tomonlama o‘rganildi, ularni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi va mas'ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться