O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Transport vaziri Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi

2021-12-30 | Ta’lim

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida universitet tomonidan amalga oshirilgan ishlar, faoliyatdagi mavjud muammolar va istiqbolldagi vazifalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, universitetda mamlakatimiz transport sohasida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi takliflar muhokama qilindi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov har bir yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan universitet talabalarida amaliy ko‘nikma va kasbiy malakani rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarini amaliyot bilan uzviy ravishda tashkil etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shu maqsadda Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan Transport universiteti o‘rtasida yaqindan hamkorlikni ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida universitetning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatni yuksaltirish, ilg‘or xorijiy mamlakatlardagi innovatsion texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat mobaynida universitet rektori Odil Abdurahmonov kelgusida Transport vazirligi tomonidan talabalar uchun stipendiya joriy qilish yuzasidan bildirgan taklifni Ilhom Mahkamov qo‘llab-quvvatladi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться