O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Men va mening oilam" kuni: bolalikning beg'ubor olamiga sayohat

2021-12-29 | Yoshlar

Bugun Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasining tashabbusi bilan Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Prokuraturasi hamda O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Men va mening oilam” kuni tadbirlari bo'lib o'tdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan ota-onalarning o'zaro hamkorligini tashkil etishda ular bilan muloqot tizimini yo'lga qo'yish, oila, mahalla va ta'lim tashkilotlari hamkorligining samaradorligini oshirish, ota-onalarni maktabgacha ta'lim tizimidagi yangiliklar va ularning farzandlari ta'lim-tarbiya olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish kabi maqsadlar ko'zlangan mazkur tadbir o'zgacha ko'tarinki ruhda tashkillashtirildi. “Men va mening oilam” kunining o'tkazilishi bilan oilalar va ta'lim tashkilotlarining o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlanishiga erishildi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Shu bilan birga, bola tarbiyasida bo'shliq bo'lishiga yo'l qo'ymaslikka, farzandlarning oila muhitidan tashqarida o'zini tutishi, o'z fikrini erkin bayon qila olish ko'nikmasini shakllantirishga erishildi. Tadbir davomida tashrif buyurgan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, bobo va buvilari hamda yaqin oila a'zolari o'z bolajonlarining tengdoshlari bilan munosabatlarini kuzatib o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shartlar davomida ishtirokchilarning iqtidorlarini namoyon qilishga erishildi.

— Farzandi kelajagiga befarq bo'lmagan har bir ota-ona va oila a'zolari bugungi tadbirda faol ishtirok etmoqdalar, – deydi Mashkura Qurbonova. – Nabiram Piskent tumanidagi 17-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanib kelayapti. “Men va mening oilam” kuni tadbirini tashkillashtirganlarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz ish va uy-ro'zg'or tashvishlari bilan doimo band bo'lamiz.

Kimlardir farzandlarini, yana kimlar nabiralarini mana shu dargohga erta tongdan olib kelib, tarbiyachisi qo'liga tutkizadi. Ammo, maktabgacha ta'lim tashkilotida qanday sharoitlar asosida, nima mashg'ulotlar bilan shug'ullanib yurishganini bilmas edik, kirib qiziqib ko'rishga ham vaqtimiz bo'lmagan.

Bugungi tadbir ana shu og'riqli jihatimizga shifo bo'ldi desak arziydi. Bu erga kelib men, nabiramning bog'cha opasi bilan tanishdim, ular tomonidan olib borilayotgan qiziqarli mashg'ulotlarning guvohi bo'lib to'g'risi juda sevindim. Mana shunday tadbirlar davomiy tarzda tashkillashtirib turilishi tarafdoriman. 

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari, bobo-buvilari, amaki-tog'alari hamda akalari ishtirokida “Otam, onam va men” sportchilar oilasi sport musobaqasi, “Kitobxon oila” ko'rik-tanlovi, “Bu mening oilam” mavzusidagi rasmlar tanlovi, “Hunarmand oila” ko'rgazmalari, “Oilada farzand tarbiyasiga e'tibor”, “Mening farzandim — Vatanim faxri!” mavzularida psixologik treninglar olib borildi.


Qolaversa, farzandlarimizni xalqimizga xos yuksak ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida milliy axloqiy fazilatlarni qaror toptirish maqsadida, “Bir bolaga etti qo'shni – ota-ona”, “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Farzand tarbiyasida ota-onaning o'rni va mas'uliyati” kabi mavzulardagi oila-mahalla-ta'lim tashkilotlari hamkorligida davra suhbatlari o'tkazildi. Ayniqsa, tarbiyachi-pedagoglar tomonidan “Men va mening oilam”, “Mening oilam-mening baxtim!” mavzularida tarbiyalanuvchilar ishtirokida olib borilgan ochiq mashg'ulotlardan bolajonlar o'zgacha zavq oldilar.

“Zumradoylar davrasi” to'garagi a'zolari ishtirokida buvijonlar bilan “Buvijonim o'gitlari”, “Ona allasida mehr mujassam”, “Onam aytgan allalar” kabi mavzularda tadbirlar tashkillashtirildi. “Men va mening oilam” kunining yakunlari bo'yicha jarayonlarda faol ishtirok etgan ota-onalar, bobo-buvilar, amaki-tog'alar hamda akalari o'rtasida turli xil nominatsiyalar bo'yicha g'oliblik aniqlanib, ularga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться