O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kinematografiya agentligi faoliyati sarhisob qilindi

2021-12-29 | Madaniyat

28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi faoliyatiga bir yillik faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. 

Unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, agentlik va tizim tashkilotlari xodimlari, kinoijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari kinematografiya rivojiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

Marosimda, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi hamda davlat rahbari tashabbusi bilan chorak asr o‘tkazilmay kelgan Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanganligi mazkur sohaga qaratilayotgan eʼtibor naqadar yuqori ekanligini alohida qayd etdi.

“O‘tayotgan yilning yilning eng muhim voqealaridan biri S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali ochilishidir. Bu esa, o‘z navbatida, soha rivojiga ijobiy taʼsir ko‘rsatibgina qolmay, balki mamlakatimiz kinematografiyasi malakali kadrlar qo‘liga o‘tishi hamda jahon tan oladigan kinoasarlar yaratilishiga zamin yaratadi”, - deb ta’kidlab o’tdi Aziz Abduhakimov.

Tadbir davomida “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil qilingan tadbirlar, ijodiy loyihalar va natijalar yuzasidan videoroliklar namoyish etildi.

Bundan tashqari, OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar, “O‘zbekiston havo yo‘llari” tizimi xodimlari va yoshlar ishtirokida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “101 reys" badiiy filmining yopiq namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun, “101 reys” kinokartinasi 2001-yil 11-sentabr kuni mashʼum terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida parvoz qilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti ekipaj aʼzolarining favqulodda jasorati to‘g‘risida hikoya qilinadi. Filmda bosh qahramon rolini marhum aktyor Hoshim Arslonov ijro qilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться