O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasining kapital bozorini yanada rivojlantirishga hamda “Kapital bozori to‘risidagi”gi Qonun loyihasiga doir taklif va e'tirozlarni bildirish uchun so'rovnomada ishtirok eting

2021-12-28 | Iqtisodiyot

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini yanada rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ko‘paytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Moliya vazirligi hamda AQSh savdo Departamentining Tijorat Xuquqini Rivojlantirish Dasturi (TXRD) va AQShda joylashgan davlat va xususiy sektor maslaxatchilari jamoasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi (keyingi o‘rinlarda – Qonun loyihasi) ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, mazkur Qonun loyihasiga taluqli sa'y-xarakatlarning bir qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorining joriy va potensial ishtirokchilari, davlat organlarining xodimlari orasida respublikamizning kapital bozorini xuquqiy asoslari bo‘yicha savolnoma o‘tkazilmoqda. Savolnomaning asosiy maqsadi xozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini yanada rivojlantirish va unga sarmoya kiritilishining to‘sqinlarini aniqlashga qaratilgan.

Mazkur savolnomani uchta tilda (o‘zbek, rus, ingiz tilida) tayyorlangan bo‘lib, xohlagan tilda 2022-yilning 9-yanvarigacha to‘ldirish imkoniyati mavjud.

Shu munosabat bilan, savolnomada ishtirok etishda barcha istak bildiruvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz. 

O‘zbek tilidagi so‘rovnoma: forms.office.com

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться