O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek futboli olamida yil yakunlari sarhisob qilindi

2021-12-28 | Sport

O‘FA va O‘zPFL o‘zbek futbolidagi yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi va unda bir necha masalalar ko‘tarildi. Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov assotsiatsiya vitse-prezidenti etib saylandi. Shuningdek, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va boshqa bir qator mutasaddilar O‘FA Ijroqo‘mi tarkibiga kirdi.

Shundan so‘ng bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Quyida nominatsiya va g‘oliblar bilan to‘liq tanishib olasiz:

“O‘zbek futboli nuroniysi”: Axbor Imomxo‘jayev

“Fidoyilik ramzi”: Sadri Nosirov (“Dinamo”)

“Jasorat”: Murodjon Ahmedov O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi bosh murabbiyi

“Eng yaxshi jurnalist”: Faxriddin Ro‘ziyev, “Championat.asia”

“Eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiya”: Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi

“Muxlislar mehri”: “Andijon” fan-klubi

“Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi”: Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston futzal terma jamoasi

“Yilning eng yaxshi futzalchisi”: Dilshod Rahmatov, O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Xuaxin-Jizzax” klubi

Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy Liga to‘purari”: Diyora Xabibullayeva, “Soʻgʻdiyona-W”

Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi”: Sherali Boboqulov, “Soʻgʻdiyona-W”

Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy Liganing eng yaxshi futbolchisi”: Diyora Xabibullayeva, “Soʻgʻdiyona-W”

“Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi”: Marko Obradovich, “Neftchi”

“Yilning eng yaxshi hakami”: Ilgiz Tantashev

“Coca-Cola Superligasining mavsumdagi eng chiroyli goli”: Bilolxon Toshmirzayev, “Turon”

“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi to‘purari”: Dragan Cheran, “Paxtakor”

“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi”: Piter Xyuistra, “Paxtakor”

“Coca-Cola Superligasining 2021-mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi”: Husain Norchayev, “Nasaf”

“O‘zbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi”: A’zam Sherg‘oziyev, AGMK

“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”: Husain Norchayev, “Nasaf”

“O‘zbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi”: Ilhom Hanjariyev

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi”: Dildora Nozimova, “Bunyodkor-W”

“Yilning eng yaxshi murabbiyi”: Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf”

 

“Superliga ramziy terma jamoasi”

Darvozabon:
O‘tkir Yusupov (“Navbahor”)

Himoyachilar:
Marko Kolakovich (“So‘g‘diyona”)
Anzur Ismoilov (“Paxtakor”)
Husniddin Aliqulov (“Nasaf”)
Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”)

Yarim himoyachilar:
Sanjar Tursunov (AGMK)
Erkin Boydullayev (“Qizilqum”)
Dragan Cheran (“Paxtakor”)

Hujumchilar:
Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”)
Xusain Norchayev (“Nasaf”)
Azizbek Amonov (“Lokomotiv”)

Murabbiy:
Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”)

“Futbol rivoji uchun”: Hayrulla Bozarov, Farg‘ona viloyati hokimi

“Yilning eng yaxshi futbolchisi”: Eldor Shomurodov O‘zbekiston MTJ va “Roma”

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться