O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Hindiston sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlarga ega

2021-12-24 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan Hindistonning yetakchi universitetlari rahbarlari bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Videokonferensiyada 2019-yilda Toshkent shahrida o‘z filialini ochgan AMITI universiteti, Andijonda ham 2019-yildan beri filiali faoliyat yuritayotgan Sharda Group va shu yilning iyul' oyidan Jizzaxda o‘z filialini tashkil etgan Sambhram Group rahbariyati ishtirok etdi.
 
Muzokaralar chog‘ida ko‘rib chiqilayotgan yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali sheriklik borasida salmoqli salohiyat mavjudligi, shuningdek, Hindiston ta'lim muassasalari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqayotganligi qayd etildi.
 
Xususan, Hindiston universitetlarining O‘zbekistondagi filiallarida tibbiyot fakul'tetlari va tegishli klinikalarni ochish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Hindiston tomoni jarrohlik, ortopediya, radiologiya, dermatologiya, oftal'mologiya, pediatriya va psixiatriya kabi sohalarda sog‘liqni saqlash sohasida mutaxassislarni tayyorlashga qiziqish bildirdi. Talabalar keyinchalik mamlakatimizning ixtisoslashtirilgan muassasalarida ish bilan ta'minlanadi. O‘zbekistonda Hindistonning ilg‘or texnologiyalari asosida xaridorgir dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari alohida muhokama qilindi. Shuningdek, Hindistonning boshqa bir qator kompaniya va universitetlari mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot markazlarini tashkil etishga qiziqish bildirgani muhokama qilindi.
 
O‘zbekiston tomoni qo‘shma loyihalar va o‘quv dasturlarini joriy etishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralarini jalb qilgan holda istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar hamda o‘zaro hamkorlik olib borishning shakli belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться