O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirishni kengaytirish uchun imkoniyatlar o‘rganilmoqda

2021-12-22 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov tarmoq birlashmalari, davlat sanoat korxonalari va xolding kompaniyalari rahbarlari bilan tarmoqlar doirasida hamda tarmoqlararo kooperatsiyani rag‘batlantirish va sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videosektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati ham ishtirok etdi.
 
Yig‘ilish davomida tarmoq va davlat korxonalari rahbarlari tegishli sohalarda import tarkibini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlar, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil qilish orqali ayrim turdagi mahsulotlar importi o‘rnini bosishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha taqdimotlarni o‘tkazdilar.
 
Ayrim tarmoqlar va korxonalarda import o‘rnini bosish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar topish maqsadida ichki bozordagi taklifni chuqurroq tahlil qilish zarurligi ta'kidlandi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda importga qaramlikni kamaytirish maqsadida taqdim etilgan loyihalarni maromiga yetkazish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.
 
Shuningdek, mahalliy sanoat korxonalariga zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida mavjud sanoat obyektlarining yuklama darajasini o‘rganish hamda foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish dolzarbligi ta'kidlandi.
 
Mutasaddi rahbarlarga xorijiy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardosh ustunliklarini hisobga olgan holda, alohida tarmoqlar doirasida hamda tarmoqlararo hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish, ilg‘or texnologiyalar va texnik standartlarni joriy etish bo‘yicha ishlarni faollashtirish topshirildi.
 
Uchrashuv yakunida har bir sohada mahalliy korxonalar negizida barqaror qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish hamda mamlakatning sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan import o‘rnini bosuvchi yangi investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться