O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
EPAM systems kompaniyasi bilan IT eksportni yanada oshirish istiqbollari muhokama etildi
2021-12-22 | Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov EPAM Systems kompaniyasiga bordi va kompaniya rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida EPAM Systems faoliyatini bilan yaqindan tanishildi. O‘zbekistonda ushbu kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari, xususan, IT Park rezidentlari uchun osonlashtirilgan vizalarni taqdim etish, yirik IT kompaniyalari ishtirokida muhim IT tadbirni tashkil etish (Global IT meetup) masalalari ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda Respublikada keng miqyosda raqamli texnologiyalar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. IT xizmatlar bozori ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Shu boisi hozirgi kunda malakali IT kadrlarga bo‘lgan talab juda yuqori.
IT Park rezidenti bo‘lgan EPAM Systems kompaniyasi ham o‘z faoliyati uchun IT mutahassislarni tayyorlash bo‘yicha ham ishlarni amalga oshirmoqda.
Shu maqsadda kompaniya IT mutahassislarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan qator mahalliy o‘quv muassasalari bilan hamkorlik olib bormoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Amity universiteti o‘quv muassasalarda EPAM laboratoriyalar tashkil qilindi. Joriy yilda kompaniya ishtirokida 100 ga yaqin IT mutahassislar tayyorlandi.
Ma’lumot uchun:
EPAM Systems — dasturiy ta’minot ishlab chiqish va IT-sohasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jahondagi eng yirik korxonalaridan biri. Bugungi kunga qadar kompaniya 30 dan ortiq mamlakatlarda faoyliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya MDH davlatlarida o‘z vakolatxonalarini ochgan (Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston). Xodimlari soni 43 mingdan ortiqni tashkil etadi
EPAM Systems kompaniyaning O'zbekiston Respublikasidagi filiali 2019-yilda ochilgan bo'lib, hozirda 300 dan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritadi. Kompaniya IT Park rezidenti hisoblanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi