O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sa’y-harakatlarimiz har ikki tomon manfaatiga xizmat qiladi

2021-12-21 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Prezidentining 16-18 dekabr kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochdi, deyish mumkin. Zero, davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tinim bilmayaptilar.

Turli vazirlik, idoralar, hukumat vakillari bilan uchrashib, Koreyada ham har ikki tomon manfaati yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldik. Tashrif doirasida esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun aniq vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, sog‘liqni saqlash vaziri va tibbiyot sohasidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida nufuzli klinikalarga bordik. Ta’kidlash joiz, Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash tizimi dunyoda yetakchilardan sanaladi.

Koreya sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatning sohaga oid mavjud salohiyatini, xususan, davolash va o‘qitish borasidagi ulkan tajribani O‘zbekiston bilan bo‘lishishga tayyor ekanini bildirdi.

Prezidentimiz bizga bu yerdagi kasallikni erta aniqlash usullarini, skrining, diagnostika amaliyotini chuqur o‘zlashtirishimiz kerakligini uqtirdi.

Muloqotlar chog‘ida mamlakatimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarini kontrakt pulini to‘lab bergan holda o‘qishga, klinik ordinatorlar, shifokorlarimizni tizimli asosda malaka oshirishga yuborish masalalari ko‘tarildi. Hozir ayni yo‘nalishda ikki tomonlama shartnoma imzolash ustida ish olib boryapmiz.

Davlatimiz rahbari koreyalik investorlar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, xususiy klinika ochish, dori-darmon ishlab chiqarish, ta’lim sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritmoqchi bo‘lsa, ularga zarur preferensiyalar taqdim etish va yer ajratishga tayyor ekanini bildirdi.

Xullas, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bisyor.

Koreya sog‘liqni saqlash vaziri “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri”, deya ta’kidladi. Toshkent shahrida Koreya tomonidan barpo etilgan Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda klaster shaklidagi kattalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi yaqin sherikligimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Endi ushbu loyihalar bilan uyg‘un holda Koreya bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi ochiladi.

Ayniqsa, keyingi yillarda munosabatlarimiz ochiq, konstruktiv ruhda rivojlanyapti. Qanday hujjat imzolanmasin, belgilangan muddatda ijrosi ta’minlanyapti. Buning zamirida, eng avvalo, ikki tomon manfaati, xalqlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tashabbusi yotadi.

Behzod MUSAEV, 
sog‘liqni saqlash vaziri

Manba: O'zA

Поделиться