O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vaziri "Toshkent yoshlar forumi-2021" doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

2021-12-21 | Yoshlar

Tashkent City Congress Hallda "Toshkent yoshlar forumi-2021" o‘z ishini boshladi.

Mazkur forum joriy yilda eng yirik tadbirlardan biri bo‘lib, uning doirasida yoshlar qator vazirlik va idoralar, elchilar va taniqli blogerlar bilan uchrashuvlarning o‘tkazilishi ko‘zda tutulgan.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. O‘z ma’ruzasida soha rahbari AKT yo'nalishida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va  istiqboldagi vazifalar  to‘g‘risida so‘zladi.

AKT vaziri Sh. Shermatov o‘z nutqida ta’kidlaganidek, bugungi kunda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga va hayotimizning barcha jabhalariga kundan-kunga kirib kelmoqda.

Bugungu kunda IT mutahassislar mehnat bozorida eng istiqbolli va raqobatbardosh kasbdir. Raqamlashtirish jarayonlari mehnat bozorini tubdan o‘zgartirayapdi. Inson faktori pasayib, qator kasblar yo‘qolib ketmoqda. Shu bois, IT ko‘nikmalarni o‘zlashitirish va xorijiy tillarni bilish hozirgi zamonning talabiga aylanmoqda.

Ochiq muloqotda  AKT sohasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va mavjud bo‘lgan istiqbollarga ham katta e’tibor qaratildi. IT mutahassisliklarni o‘zlashtirishni xohlayotgan yoshlar qator afzalliklarga ega bo‘ladi, xususan, yuqori maosh olish, qiziqarli loyihalarni amalga oshirish, mehnat qilish uchun qulay sharoitlardir.

IT mahsulot va xizmatlarni eksport qilish ham mazkur sohaning muhim afzalliklaridan biridir. Shu ma’noda istiqbolli IT yo‘nalish sifatida BPO (biznes jarayonlarni autsorsing qilish) yo‘nalishini rivojlantirish  dolzarb hisoblanadi.

AKT vaziri Sh. Shermatovning nutqi yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi, ular tomonidan  bir qator savollar berildi, va barchasiga batafsil javob berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться