O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksport sohasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi

2021-12-21 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov eksport faoliyatining bugungi holatini o‘rganish va mamlakatimiz eksportchilarini amaliy qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari ishtirok etdi.
 
Tarmoqlar va hududlar kesimida tashqi savdo faoliyatining hozirgi holati tahlil qilindi. Vazirlik va idoralar mas'ul rahbarlarining eksport salohiyatini yuksaltirish, eksport faoliyatini rag‘batlantirish va eksportchi tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
 
Korxonalarga oldin to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini qaytarish, eksportga yetkazib berishni amalga oshirish, debitorlik qarzlarni undirish, aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni ta'minlash, xorijiy mijozlarni topish, infratuzilmaviy kommunikatsiyalarga uzluksiz ulanish va boshqa masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.
 
Vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga foydalanilmayotgan resurs va imkoniyatlarni safarbar etish hamda eksport hajmlarini keskin darajada oshirish uchun eksportchilar bilan bevosita ishlashni faollashtirish topshirildi.
 
Muhokama yakunida mutasaddilarga ko‘rib chiqilgan masalalar doirasida qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться