O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Hindiston-Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi

2021-12-20 | Siyosat

Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi siyosat, iqtisodiyot, raqamlashtirish va madaniy-gumanitar yoʻnalishdagi aloqalarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati, tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi kurashish choralari  yuzasidan fikr almashildi.

Vazir Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida “Hindiston – Markaziy Osiyo” shaklidagi o‘zaro hamkorlik salohiyatidan yanada to‘liqroq foydalanish, ikki mintaqaning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, jumladan, barqaror savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini shakllantirish, mahsulotlarni Hindiston va Markaziy Osiyo bozorlariga olib kirish uchun “yashil yo‘lak” tashkil qilish, IT-mutaxassislari uchun platforma yaratish muhimligini ta’kidladi.

Mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida Muloqotda ishtirok etuvchi har bir davlatda navbat bilan yillik tadbirlarni o‘tkazadigan “Hindiston va Markaziy Osiyodagi tahliliy markazlar forumi” tahliliy platformasini tashkil etish taklif etildi.

Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Bu davlatning xalqaro yakkalanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun unga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Panel sessiyalar doirasida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish  masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться