O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan viloyatida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat boshlaganiga bir yil bo‘ldi

2021-12-17 | Jamiyat

Namangan viloyatidagi IT markazlarning tashkil etilganligining bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyatdagi IT kompaniyalar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘tgan davr mobaynida 5 ming nafardan ziyod yoshlar Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida tahsil oldi. 2021-yil davomida 8 ta IT-kompaniya IT Park rezidentrligiga qabul qilindi.

Tadbirda onlayn tarzda ishtirok etgan IT Park rahbariyati yosh dasturchilarni tarbiyalashda Namangan viloyatining respublikada yetakchilardan biri bo‘lganligini ta’kidladi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha shahar va tumanlardagi IT-markazlari mas’ullari taqdirlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться