O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mashinasozlik klasteri yangi yilda ish boshlaydi

2021-12-16 | Jamiyat

Chirchiq shahrida sanoat tarmoqlarining ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali qishloq xo'jaligi mashinasozligida ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirish, to'liq tsiklli ishlab chiqarish tizimini yaratish hamda yer maydonlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida qishloq xo'jaligi mashinasozlik klasteri tashkil etiladigan bo'ldi.

Prezidentimizning bu borada tegishli qarori qabul qilingan bo'lib, ayni vaqtda "Chirchiq qishloq xo'jaligi texnikasi zavodi" AJning bo'sh ishlab chiqarish maydonlarida qishloq xo'jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish maqsadida tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Qishloq xo'jaligi mashinasozlik klasteri yangi yilning birinchi choragida o'z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться