O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Eksimbanki O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirmoqda

2021-12-15 | Iqtisodiyot

Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Koreya Eksimbanki Prezidenti Bang Mun Kyu bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat davomida o‘zaro munosabatlarning faolligi hamda Koreya Respublikasining EDCF Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalar sonining o‘sishining ijobiy dinamikasi qayd etildi. Jumladan, 2014-2017 yillarda Eksimbank bilan hamkorlikda qariyb 180 mln. dollarlik 4 loyiha hayotga joriy etilgan bo‘lsa, 2018-2020 yillarda 660 mln dollarlik 7ta loyiha amalga oshirildi. Bank bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sog‘liqni saqlash, ta'lim va infratuzilmaviy rivojlanish sohalaridir.
 
 
Muloqot davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida ishlab chiqilayotgan loyihalarni tayyorlash, o‘rganish va tasdiqlash jarayonlarini tezlashtirish imkonini beruvchi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
 
O‘zbekiston tomoni mamlakatda yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun EDCF tomonidan imtiyozli moliyalashtirish hajmini 1 mlrd dollargacha ko‘paytirish yuzasidan qabul qilingan qaror uchun minnatdorlik bildirdi. 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan 13ta loyihadan iborat bo‘ladi. Tomonlar ushbu loyihalarni faol ilgari surish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yaqin hamkorlik o‘rnatishga kelishib oldilar.
 
Elektrotexnika, biofarmatsevtika, metallurgiya va kimyo sanoati sohalarida yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yangi tashkil etilgan EDPF Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
 
Muzokaralar yakunida tomonlar muhokama etilgan sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirishga sodiqliklarini bildirdilar. Shuningdek, qiymati 88,8 mln dollar bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasi hamda 150 mln dollarlik “Onkologik klinikasini qurish” loyihasi bo‘yicha qarz shartnomalari imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться