03:31:06 (GMT+5)    19.02.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Fevral 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Oʻzbekistonning UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi raisi “Baxshichilik sanʼati” nominatsiyasini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan murojaat yo'lladi

2021-12-15 | Madaniyat

13-dekabr kuni UNESCO’ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha Hukumatlararo qo'mitasining (NMMHK) XVI sessiyasi tashkilotning Parijdagi qarorgohida virtual rejimda o‘z ishini boshladi.

Joriy sessiya doirasida “Baxshichilik san’ati” elementini Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.  Oʻzbekistonning UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi raisi davlatimiz  rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan ushbu nominatsiyani qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Baholash komissiyasi va NMMHK’ga a’zo mamlakatlarga murojaat yo'lladi.

Tadbirda UNESCO rahbariyati, NMMHK’ga aʼzo davlatlar, 190 dan ortiq davlatdan yuqori martabali delegatlar ishtirok etmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O'zbekistonning UNESCO huzuridagi doimiy vakili Umid Shadiyev va UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya vakillari qatnashmoqda. 

Yalpi majlisdagi ishtirok davomida O‘zbekiston delegatsiyasi so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizning boy nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish, ko‘paytirish va targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar taqdimoti o’tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan 2003-yildagi Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konventsiya bajarilishini davom ettirish va UNESCO’ning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga sodiqlik bildirildi.

“Ming yillik tarixga ega O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi bilan faxrlanadi. Bizda UNESCO’ning Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan 9 ta milliy va koʻp millatli element mavjud. Yaqin kunlarda ushbu ro‘yxatdan yana bir element –“Baxshilik san’ati” ham joy olishiga umid bildiramiz ”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Ta’kidlash joizki, “Baxshilik san’ati” nominatsiyasi bo‘yicha ovoz berish jarayonining o‘zi 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, UNESCO’ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha Hukumatlararo qo'mitasining XVI sessiyasi esa 18-dekabrga qadar davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться