O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari “STUDENTS CUP 2021” tanlovida g‘alaba qozonishdi

2021-12-14 | Ta’lim

Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “STUDENTS CUP 2021” tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning AKT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir. Ushbu tanlov Respublika miqyosida bo‘lib, unda jami 20 dan ortiq oliy o‘quv muassasalaridan 40 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlovda talabalar o‘zlari tomonidan yaratilgan loyihalarni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Loyihalarning ustunligi, mohiyati va dolzarb muammolarni hal qilish uchun yaratilgan imkoniyatlari haqida ham to‘liq maʼlumotlar berildi.

Mazkur tanlovda ishtirok etgan Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari Mentor.me (Mentorlarni talabalar bilan bog‘laydigan platforma) platformasini taqdim etdi va birinchi o‘rin uchun belgilangan 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться