O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-12-14 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi.
Muzokarada ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlarning o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan konstruktiv muloqotni faol rivojlantirishga tayyorligi bildirildi.
AQSh tomoni yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.
AQSh vakili O‘zbekistonning Afg‘oniston xalqiga ko‘maklashish va turli sohalardagi loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi