O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ohangaron Shahrida Zoyir Mirzaev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
2021-12-13 | Jamiyat
Viloyat Hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev Ohangaron shahar 6-Bolalar musiqa va san'at maktabida shahar faollari va jamoatchilik bilan muloqot o'tkazmoqda.
Viloyat etakchisi ohangaronlik yosh kadrlardan saralanayotgan hokim yordamchilari bilan yaqindan tanishib, ularga bildirilayotgan yuksak ishonch mas'uliyati to'g'risida to'xtalib o'tdi.
— Hududlarda echilmay qolgan masalalar ko'p. Chekka mahallalarga Prezidentimizning qaror va farmoyishlarining 30 foizi ham etib bormayapti. Ayrim tuman hududlarida aholi uchun etarli sharoit yaratilmagan. Muayyan muammolarga echim topishda mazkur yangi vazifa egalari — hokim yordamchilarining hissasi katta bo'lishi kerak, — dedi jumladan Zoyir Mirzaev.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi