O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston va AQSh o'rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi majlisi to'g'risida
2021-12-13 | Siyosat
Oliy darajadagi erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 2021-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi (inauguratsion) majlisi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarlik qiladi. Amerika tomonidan AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi