O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki delegatsiya vakillari Orolbo‘yida maslahat sessiyalarini o‘tkazdi

2021-12-13 | Ekologiya

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Nukus shahrida Jahon banki delegatsiyasi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirokidagi o‘tkazilgan maslahat sessiyalarida Xorazm viloyatidan ham vakillar videokonferensaloqa tarzida qatnashdi.
 
 
Tadbirda delegasiya vakillari tomonidan O‘zbekistonda, shu jumladan, Orolbo‘yi mintaqasida Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
 
Tadbirda ta'kidlanganidek, ayni paytda Jahon banki hukumatga 24 ta loyihani amalga oshirishda moliyaviy ko‘mak va texnik yordam ko‘rsatmoqda. Ular makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti, energetika, tarnsport, ijtimoiy himoya tizimlari, shahar va qishloq infratuzulmasini rivojlantirish, shuningdek, COVID-19 fuqarolar va iqtisodiyotga ta'sirini yumshatishda o‘z hissasini qo‘shmoqda.
 
– Asosiy maqsadimiz yangi amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha hududlardan takliflar eshitish va muhokama etishdan eborat, – deydi Marko Mantovanelli. – Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish yo‘nalishida muhokama olib bormoqchimiz. Boisi, hozirda Jahon banki O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini tasdiqlash arafasida turibdi. Ushbu hamkorlik dasturida biz nafaqat moliyaviy yordam ko‘rinishida, balki bilim almashinuv va texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni ham amalga oshiramiz. Buning uchun biz joylarda maslahatlashuvlar o‘tkazib, mavjud muammolar va ehtiyojlarni o‘rganmoqdamiz. Shu orqali qaysi loyihalarni amalga oshirish ustuvor ahamiyat kasb etishiga aniqlik kiritib olmoqdamiz. Bugungi maslahat sessiyasida ham qishloq xo‘jaligi uchun suv ta'minotini yaxshilash, ichimlik suvi va oqava suv borasida loyihalarni davom ettirish, ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha bir necha takliflar bildirildi. Mazkur ustuvor masalalarni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan muhokamalarda ilgari suramiz va kelgusi yil tasdiqlanadigan dasturga kiritishga harakat qilamiz.
 
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Investisiya va tashqi savdo vaziri B.Xabibullayev Orolbo‘yi hududini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar bo‘yicha takliflarini bildirdi.
 
Shuningdek, maslahat sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri D.Usakov ham so‘z olib, Jahon banki ishtirokida “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi amalga oshirilayotganini hamda loyiha yakunida 3 ta tumanda suv ta'minoti yaxshilanishini, shuningdek, bir necha nasos stansiyalari faoliyati, nasos agregatlari to‘xtatilishi natijasida ko‘p miqdorda miqdorida elektroenergiya va foydalanish xarajatlari iqtisod qilinishini ta'kidlab o‘tdi. Shu nuqtai nazarda mazkur yo‘nalishdagi loyihani davom ettirib, Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlaridagi magistral kanallarni rekonstruksiya qilish borasidagi loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida taklif bildirdi.
 
Delegatsiyasi vakillari “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida To‘rtko‘l tumanidagi “Bo‘ston” kanalidagi ob'ektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
 
 
 
G‘.Otajonov,
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
 
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi suv хo‘jаligi vаzirligi

Поделиться