O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn sammitida ishtirok etadi

2021-12-10 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tadi. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat – Kuba yetakchilarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibiga muvofiq, YeOII doirasidagi integratsiya jarayonlarini kengaytirish va ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yil dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi hisoblanadi.

Manba: O'zA

Поделиться