O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Кo'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida 5 ming nafardan ziyod fuqarolar bandligi ta'minlandi

2021-12-09 | Jamiyat

Toshkent viloyatida joriy yil uchun tasdiqlangan “Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish” dasturi bo'yicha 2 ming 777 ta fermer xo'jaligida ko'p tarmoqli faoliyatni yo'lga qo'yish belgilangan.

O'tgan vaqt davomida bu borada tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, dastur doirasida fermer xo'jaliklarida jami 175 milliard 508,4 million so'm mablag' o'zlashtirildi. Shundan 18 milliard 306,5 million so'm bank kreditlari va 157 milliard so'mdan ziyod fermer xo'jaliklarining o'z mablag'lari hisobidan sarflandi.

Asosiysi, qishloq joylarda 5 ming nafardan ziyod ishsiz fuqaroning bandligi ta'minlandi. Viloyatdagi 260 ta ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari tomonidan 875 gektar maydonda intensiv bog', 194 ta fermer xo'jaligida esa 94,1 gektar maydonda issiqxonalar barpo etildi. Xususan, Bo'stonliq tumanida 6 ta fermer xo'jaliklarida qiymati 535 million so'mlik turizm loyihalari amalga oshirildi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться