O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkor ayollarning Markaziy Osiyo iqtisodiy o'sishi va farovonligidagi hissasini oshirish

2021-12-07 | Iqtisodiyot

O'zbekiston raisligida Markaziy Osiyo tadbirkor ayollar munozara klubining birinchi tantanali yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Moliya Vazirligidan mazkur tadbirda Moliya vaziri o'rinbosari Gulnora Rahimova, shuningdek, Davlat qarzi departamenti bo'lim boshlig'i Nargiza Nigmatova, Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash departamenti kichik mutaxassisi Dilnoza Tursunxo'jayeva, G‘aznachilik bosh mutaxassisi Munira Ismoilxo‘jayevalar ishtirok etishdi.

Tadbir rasmiy ravishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti Raisi – Tanzila Norbayeva tomonidan ochildi.

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) uchun barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu 2030-yilgacha bo'lgan davrda kun tartibidagi boshqa maqsadlar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan alohida maqsad (BRM №5) bilan belgilanadi.

Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bo'lgan global majburiyat hech qachon bu darajada kuchli bo'lmagan va ayollar tadbirkorligi iqtisodiy farovonlikni oshirishga yordam beradigan eng muhim omillardan biri sifatida aniqlangan. Markaziy Osiyo tadbirkor ayollar munozara klubi (Munozara klubi) Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti forumi shafeligida tashkil etildi. Forum – bu mintaqada barqaror rivojlanish va tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda barcha ayollarning rolini oshirish va kuchaytirishga qaratilgan ayollar rahbarlarining norasmiy koalitsiyasi.

Rasmiy ravishda 2020-yil 23-dekabrda preventiv diplomatiya bo‘yicha BMTning Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy markazi (PDMOMM) va BMTTDning Yevropa va mustaqil davlatlar Hamdo'stligi uchun mintaqaviy byurosi tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari ayollar uchrashuvida ishga tushirildi. Forum Markaziy Osiyo mintaqasidagi besh mamlakat, ya'ni Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston tomonidan taqdim etiladi.

Munozara klubining tashkil etilishi xotin-qizlar tadbirkorligi sohasida muntazam fikr va eng yaxshi amaliyotlar almashish, biznesni rivojlantirish, mintaqaviy savdoni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, investitsiyalarni jalb etish va Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkorlari o'rtasida amaliy aloqalarni yo'lga qo'yish imkonini beradi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollar uyushmalari vakillari vakolatli, g'ayratli va shijoatli ayol tadbirkorlarni jalb qilish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Sessiyada COVID-19 dan keyin tiklanishni yaxshilash uchun ayollar boshchiligidagi kichik va o‘rta tadbirkorlarni jalb qilish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha eng yaxshi strategiyalar taqdim etildi.

Tashkilotchilar bahs-munozara klubining tashkil etilishi xotin-qizlar tadbirkorligi sohasida muntazam fikr almashish va eng yaxshi amaliyotlarni amalga oshirish, biznesni rivojlantirish, mintaqaviy savdoni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, investitsiyalarni jalb etish va Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkorlari o'rtasida amaliy aloqalarni yo'lga qo'yishga, shuningdek, innovatsion biznes modellarini o'zaro o'qitish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun "aqlli" va amaliy yechimlarni qo'llab-quvvatlashga ko'maklashishini qayd etib o'tdilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться