O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ostona” Xalqaro moliya markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi

2021-12-07 | Iqtisodiyot

Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi “Ostona” Xalqaro moliya markazi (OXMM)ga tashrif buyurdi.

OXMM mamlakatda likvidli va muvozanatli kapital bozorini rivojlantirish uchun tashkil qilingan. U investorlarni kapital hamda moliyaviy xizmatlar va investitsiya vositalarining keng doirasi bilan ta'minlovchi yagona platformadir. OXMM umumiy ingliz huquqi asosida faoliyat yuritadi hamda unga xalqaro ishtirokchilarni jalb qilish uchun bir qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etilgan.

OXMM rahbariyati investitsiya va moliyaviy sohada qonunchilikni takomillashtirish, bank-moliya yo‘nalishidagi islohotlarni amalga oshirish, kapital bozori va fintex startaplariini rivojlantirishni rag‘batlantirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, Islomiy va “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy etish hamda raqamlashtirish borasida o‘z tajribalari va erishilgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Delegatsiya a'zolari shuningdek, OXMM Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish bo‘yicha qo‘mitasi, OXMM sudi, Xalqaro arbitraj markazi (XAM), shuningdek, OXMM “Ekspat markazi”, Uzluksiz kasbiy rivojlanish byurosi (BCPD), Moliyaviy texnologiyalar markazi (Fintech Hub) hamda OXMM Birjasi kabi OXMM organlari tashkilotlarining faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться