O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida AKT sohasida Hamkorlik bayoni imzolandi

2021-12-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyaning Nur-Sulton shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilishdi. Uning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi o‘rtasida kelgusida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Protokol imzolandi. Mazkur hujjat qator dolzarb va muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kuchaytirishi nazarda tutadi. Xususan:

• AKT sohasida o‘zaro tajriba va ilg‘or amaliyot bilan almashish;

• milliy aloqani ta’minlash maqsadida keng polosali optik tolali tarmoqlarni, 5G aloqani kengaytirish, sandartlash va mazkur texnologiyalarni rivojlantirish;

• electron hukumatni rivojlantirish, shu bilan birga electron davlat xizmatlarni joriy etish;

• startaplarni rivojlantirish va AKT yo‘nalishlari uchun kadrlarni tayyorlash sohalarida o‘zaro tajriba bilan almashish;

• AKT sohasida eksport salohiyatini oshirishda o‘zaro tajriba bilan almashish;

• pilot loyihalar shaklida sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, Internet buyumlari va aqlli shahar texnologiyalarni qo‘llash;

• davlat organlari faoliyatini reinjiniring qilish (qayta yo‘lga qo‘yish) va ularni raqamli shaklga o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish;

• Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish doirasida baholash va tahlil qilish bo‘yicha, shu jumladan milliy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarni ko‘zatib boorish va maqsadli ko‘rsatqichlarga erishish uchun raqamli ishlanmalarni yaratish,

• dasturiy ta’minotni, raqamli texnologiyalarni, eshittirish content, xajmli ko‘rish va gologramma texnologiyalarni ishlab chiqish;

• raqamli rivojlanish va raqamli tayyorgarlik bo‘yicha darajalarni baholash (indikatorlarni) usullarni ishlab chiqish;

• xalqaro maydonda birgalikda loyihalarni ilgari surish.

 Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Qozog‘iston oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться