O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vaziri Qozog‘istonlik IT kompaniyalarini O‘zbekistondagi mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanadigan loyihalarga sarmoya kiritishga taklif qildi
2021-12-06 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlar doiralari ishtirokida Nur-Sulton (Qozog‘iston Respublikasi) shahrida o‘tkazilgan Ishbilarmonlar kengashi va Biznes-forumining kengaytirilgan yig‘ilishida qatnashdi hamda nutq so‘zladi.
Sh.Shermatov o‘z maʼruzasida tadbirning “Raqamli kun tartibi” qator asosiy vazifalarni hal qilishni nazarda tutganligini alohida taʼkidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan bugungi kunga kelib 300 dan ortiq loyialar amalga oshirilganligini, joriy yil so‘ngiga qadar yana 189 loyiha amaliyotga tatbiq qilinishini, 2022-yil oxirigacha esa 53 ta loyiha ishga tushirilishini maʼlum qildi.
AKT vaziri, shuningdek, quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratib, ular doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, erishilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi:
AKT vaziri Sh.Shermatov Qozog‘istonda ham “Raqamli Qozog‘iston” dasturi amalga oshirilayotganligiga alohida eʼtibor qaratib, yuqorida taʼkidlangan yo‘nalishlardagi ustuvor maqsadlarga erishish va belgilangan vazifalarni amalga oshirishda qozog‘istonlik hamkasblar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini, bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikdagi IT-loyihalarni amalga oshirish maqsad qilinganligini taʼkidladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi