O‘zbekiston va Koreya ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish sari intilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari o‘rin oldi. Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil etishda faol hamkorlik qilishga sodiqliklarini bildirdilar, shuningdek, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlarni nazarda tutgan holda, oliy darajadagi tashrifning iqtisodiy qismini muhokama qildilar.
Kutilayotgan tadbirlarni amaliy mazmun bilan boyitish va aniq kelishuvlarga erishish uchun uchta qo‘shma ishchi guruh tuzilganligi ma'lum qilindi. Ularning vazifasi ustuvor sohalarda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal qilishdan iborat bo‘ladi.
Muzokaralar yakunida bo‘lajak tashrifning bir qator tashkiliy va mazmundorligi masalalari yuzasidan kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi