O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Fuqarolar uchun budjet”dagi yirik soliq to‘lovchilardan tushumlarga qo‘shimcha sharhlar
2021-12-02 | Iqtisodiyot
“Fuqarolar uchun budjet”da ko‘rsatib o‘tilgan yirik soliq to‘lovchilar, faqat respublika ichida to‘laydigan soliqlari bo‘yicha ro‘yxat qilingan bo‘lib, bu to‘lovlar tarkibida respublika hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun to‘lanadigan bojxona to‘lovlari kiritilmagan.
Xususan, 2020-yilda "UZAUTO MOTORS" AJ tomonidan davlat budjetiga jami 1,3 trln so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar (tovarlar importi uchun to‘lovlar bundan mustasno) to‘langan. Jami davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 0,98 foizni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, tovarlar importi uchun to‘langan bojxona to‘lovlari 2,3 trln so‘mni tashkil qilgan.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylari mobaynidagi byudjetga to‘lovlar 751,5 mlrd so‘mni tashkil etib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 950 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda, davlat byudjetining umumiy daromadlari kutilayotgan miqdorida 0,56 foizni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, import qilingan tovarlari uchun shu davrda to‘langan bojxona to‘lovlari 2 376,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi