O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi tomonidan davlat xaridlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish vositalari mavzusida seminar o‘tkazildi

2021-12-02 | Iqtisodiyot

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani yanada mustahkamlash, sohada ochiqlik va shaffoflikni yanada oshirish, tadbirkorlik sub'ektlarini keng jalb qilish orqali raqobat muhitini yanada yaxshilash shular jumlasidandir.

Amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni davlat xaridlari subyektlariga yetkazish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish bugungi kunning dolzarb masalalari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunida kasbiy mahoratga ega bo‘lish maqsadida xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas'ul bo‘lgan shaxsning malakasini muntazam ravishda oshirib borish davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan o‘qitishni tashkil etish orqali ta'minlanishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Moliya vazirligi tomonidan  “Crown Agents” xalqaro tashkiloti, Fransiya taraqqiyot agentligi, Rossiya Federatsiyasining Perm shahri Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” hamda “O‘ztransgaz” AJ mutaxassislari hamkorligida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida xorijiy ekspertlar tomonidan tinglovchilarga davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflik, davlat xaridlari elektron tizimining afzalliklari, xalqaro tajriba hamda tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться