O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-12-01 | Siyosat

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida (IT Park) O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandum imzolangan.

Memorandumga asosan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida amalga oshirilishini rejalashtirilayotgan barcha ustuvor loyihalar va dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi tashkil etildi.

Ekspert guruh a’zolari joriy yil sentabr-noyabr oylari davomida konsultativ faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Uchrashuv doirasida xorijiy ekspertlar bilan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalaridagi qator dolzarb yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi, ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ham ma’lumot berildi.

Jumladan, O‘zbekistonning BMT elektron hukumat reytingida o‘rnini ko‘tarish masalasi bo‘yicha muntazam ish olib borilmoqda. Oldingi reyting natijalari batafsil tahlil qilinib, BMTning metodikasi asosida ichki baholash o‘tkazildi va natijalardan kelib chiqib, tavsiya va takliflar ishlab chiqilmoqda.

Sun’iy intellekt yo‘nalishida Koreya Republikasining milliy strategiyasi hamda ushbu texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Koreya tajribasi o‘rganildi. Koreyalik ekspertlar O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt texnologiyalarini 2022-2030-yillarda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatishdi.

IT Park qoshidagi Raqamli texnologiyalari o‘quv markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha Koreya ekspertlari tomonidan O‘zbekistondagi o‘quv jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha IT markazlar faoliyatini monitoring qilish tizimini joriy qilish taklifi berildi. Mazkur tizimini tahminiy ishga tushurilishi 2022-yilning ikkinchi yarmida belgilangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться