O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega

2021-12-01 | Iqtisodiyot

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) tomonidan shahar hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ko‘magida tashkil etilgan navbatdagi “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Chirchiq shahar hokimligi rahbariyati, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
 
Yarmarkada metallurgiya, kimyo, elektr energetikasi, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan 1000 yaqin korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 4,4 mingdan ko‘proq turdagi mahsulotlar namoyish etildi.
 
Yarmarka mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish va qiymat zanjirlarini yaratish, mahalliy korxonalarning keng turdagi mahsulotlari targ‘ib qilish, shuningdek, turli sohalarda biznes vakillari o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil etildi.
 
Yarmarka doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar namoyish etildi, istiqbolli investitsiyaviy loyihalarning taqdimotlari o‘tkazildi.
 
Tadbir yakunida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi "Elektron kooperatsiya portali" orqali umumiy qiymati 666 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 596 hamkorlik shartnomasi tuzildi. Bundan tashqari, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 179 ta bitim imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться