O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon viloyatining investitsiyaviy faoliyati hamda sanoat rivojlanishiga oid masalalar muhokama qilindi

2021-11-30 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Andijon viloyatiga tashrif buyurib, bir qator ishlab chiqarish obektlarida bo‘ldi hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni o‘rganib chiqdi.

Guruh, shuningdek, Andijon viloyatining shahar va tumanlari darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan hududda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini rag‘batlantirishning dolzarb vazifalari yuzasidan ish olib bordi.
 
Uchrashuv davomida tadbirkorlar qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoati, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida istiqbolli investitsiyaviy loyihalarning taqdimotlarini o‘tkazdilar. Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi va tegishli vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi. Sa'y-harakatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish va imkoniyatlarni birlashtirib investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini samarali qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yildi.
 
Andijon viloyatining viloyat, shahar va tuman darajasidagi mahalliy hokimliklar rahbarlari bilan uchrashuvda viloyatda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini faollashtirish hamda sanoatni rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari muhokama qilindi.
 
Ushbu viloyatning istiqbolli tarmoqlarida yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun yangi zaxiralarni aniqlash, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliy sanoat kooperatsiyasini tashkil etish va mahalliylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
 
Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat ishbilarmon doiralarining iqtisodiy salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarish va biznes tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi bo‘g‘ini sifatida roli ta'kidlandi.
 
Viloyatda investitsiyaviy va eksport faoliyatini rag‘batlantirishning yangi tizimini joriy etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, yangi loyihalar ishlab chiqish va tumanlar kesimida sanoat va investitsiyaviy salohiyatni tahlil qilishda tizimli yondashuvni qo‘llash hamda yer uchastkalarini ajratish, moliyalashtirish manbalarini belgilash, boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eksport bozorlariga chiqish masalalarini tezlik bilan hal etish maqsadida loyihalar tashabbuskorlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
 
Yig‘ilish yakunida mahalliy hokimliklar rahbarlariga sohadagi ishlarning yangi mexanizmlarini samarali amalga oshirishga doir batafsil ko‘rsatmalar va belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться