O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan viloyati sanoatining rivojlanishi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

2021-11-30 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududga jo‘nab ketdi.

Xususan, ishchi guruh Yangi - Namangan tumanida bo‘ldi. Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, mebel' mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan klaster shaklidagi yangi “Oyqiron” kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda.
 
Tadbirkorlar bilan ochiq uchrashuv chog‘ida e'lon qilinganidek, yaratilayotgan KSZ maydoni 10 gektar bo‘lib, jami 80 ta teng uchastkalarga bo‘lingan. Sanoat maydonlarini sotish joriy yilning 1-dekabridan boshlanib, kimoshdi savdosi orqali amalga oshiriladi. Kimoshdi savdosi ishtirokchilari yer uchastkasi mulkchilikka olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida mebel' mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar. Shu bilan birga, ishlab chiqarish ob'ektlarida kamida 50 ta ish o‘rinlari yaratilishi kerak.
 
Ta'kidlanishicha, hozirgi paytga kelib kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun 120 nafar tadbirkordan arizalar kelib tushgan. Yangi tashkil etilgan KSZ hududida kelgusida joylashtirish uchun umumiy miqdori qariyb 50 million dollarga teng bo‘lgan 53 ta investitsiyaviy loyihasi ishlab chiqildi. Yangi tashkil etilgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarida ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalari uchun mebel' mahsulotlari va uning butlovchi qismlari, aksessuarlar va tayyor mebel' mahsulotlari, ofis va xonadon uchun mebellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va jami 1100 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
 
Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzoqov ishbilarmonlar oldida so‘zga chiqib, Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbusni mamnuniyat bilan olqishladi va tadbirkorlarni yaratilayotgan KSZ hududida loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berilishiga ishontirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasidan jozibador investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy yordam ajratilishi mumkinligi ma'lum qilindi.
 
Uchrashuv davomida viloyat tadbirkorlari sanoat zonalari hududida loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq turli masalalarni muhokama qilish, savollar berish va biznes-g‘oyalari bilan bo‘lishish imkoniga ega bo‘ldilar.Mahalliy tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyati davomida duch keladigan muammoli masalalar ham tilga olindi. Ishchi guruh tomonidan bildirilgan murojaatlar har tomonlama ko‘rib chiqildi va har bir holatni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi. Mutasaddi rahbarlarga ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha tezkor va samarali chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.
 
Ishchi guruh Namangan shahrining Davlatobod tumanida tashkil etilgan “Barkamol Avlod” kichik sanoat zonasida ham bo‘ldi. Tashrif davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning qisqacha taqdimoti o‘tkazildi, shuningdek, KSZni ishga tushirishni jadallashtirish va investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlariga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.Bu yerda ham tadbirkorlar va loyihalar tashabbuskorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi hamda ishlab chiqaruvchilarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan har bir masalaning eng samarali va tezkor yechimi ishlab chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться