O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Тa’lim sifatini oshirish va ixtirochi talabalarga barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi
2021-11-29 | Ta’lim
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.
Yig‘ilish avvalida AKT vaziri o‘quv jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, talabalar bilan suhbat o‘tkazdi. Soha rahbari taʼkidlaganidek, bugungi kunda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar davlat taraqqiyotining lokomotivi boʻlib, jamiyat hayotidagi ahamiyati ortib bormoqda. Va shu nuqtai nazardan, malakali IT xodimlariga talab juda yuqori.
Uchrashuv davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot ham o‘tkazildi.
Hozirda universitetning Nukus, Samarqand, Nurafshon, Farg‘ona, Qarshi va Urganch shaharlarida 6 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Universitet va uning filiallarida 21 mingga yaqin talaba tahsil oladi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 6 ta hududiy filial, 20 ta fakultet va 72 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 915 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Xalqaro hamkorlik faol rivojlanmoqda. Bugungi kunda universitet 26 ta davlat va 47 ta universitet, 24 ta kompaniya va muassasalar, 8 ta ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.
Ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar asosida kadrlar tayyorlash tizimiga qaratilayotgan jiddiy e’tibor iqtisodiyotning ham davlat, ham xususiy sektorida talab yuqori bo‘lgan malakali IT-mutaxassislarni yetishtirish imkonini bermoqda. Universitetning qator bitiruvchilari Amazon, Google, eBay, Nokia, Zenith Ai, Booking.com, Analog Devices kabi taniqli xalqaro kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Taqdimot davomida AKT Vaziri Sherzod Shermatov ta’lim sifatini oshirish eng muhim masala ekanligini ta’kidlab, kelajakda amalga oshirish kerak bo‘lgan muhim jihatlarga e’tibor qaratdi.
Ayniqsa, ilmiy salohiyatini oshirish, «Scopus», «ScienceDirect», «Web of Science» va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar ulushini oshirish bo‘yicha takliflarni bildirib, ta’lim sifatini oshirish eng muhim masala ekanligini ta’kidlab kelajakda amalga oshirish kerak bo‘lgan muhim jihatlarga e’tibor qaratdi.
Taqdimotdan so‘ng AKT Vaziri Sherzod Shermatov Universitet talabalari tomonidan yaratilayotgan yangi texnologiyalar bilan ham tanishdi. Talabalar tomonidan imkoniyati cheklangan shaxslar kar-soqovlar uchun mo‘ljallangan eshitishni kuchaytiruvchi moslamalar va ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan qurilmalarni yanada mukammallashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini aytdi.
Eng muhim e’tiborni mana shunday yangi ixtirolar bilan shug‘ullanayotgan talabalarga alohida e’tibor qaratib, ular uchun barcha sharoitlar yaratib berish kerakligi bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi