O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yosh dzyudochilarimiz Osiyo chempionatiga joʻnab ketishdi
2021-11-29 | Sport
2-5-dekabr kunlari Livan poytaxti Bayrut shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo-Okeaniya chempionati boʻlib oʻtadi.
Yilning soʻnggi musobaqasida qitʼamizning yigirmaga yaqin davlatidan yosh dzyudo ustalari ishtirok etadi. Ular orasida toʻliq tarkibdagi Oʻzbekiston terma jamoasi ham bor.
Bugun tunda Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz delegatsiyasi Bayrut shahriga joʻnab ketdi. Tarkibda Shohruh Mamarasulov, Islombek Ravshanqulov, Jayhunbek Nazarov, Shukurjon Aminova, Irisxon Qurbonboyeva, Sita Kadamboyeva kabi xalqaro musobaqalar havosini olgan yoshlarimiz bor.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi